“Maktab chempionlari” loyihasining yangi bosqichiga start berildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi hamda NILE (Norvich til ta’limi instituti) hamkorligida olib borilayotgan "Maktab chempionlari" loyihasi doirasidagi o‘quv-treninglar boshlandi.
Trening mashg‘ulotlari Buyuk Britaniyaning NILE instituti mutaxassisi Martyn Clarke tomonidan olib borilmoqda.
Unda 50 nafar maktab chempionlari va ularning maktab direktorlari hamda 14 nafar milliy konsultantlar ishtirok etmoqda.
Seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktablarni uzluksiz kasbiy rivojlanish makoniga aylantirish, maktab direktorlarining UKR borasidagi xabardorligini oshirish hamda maktab chempionlari orqali umumta'lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz kasbiy rivojlanish mohiyatini yetkazishdan iborat.
O‘quv trening davomida milliy konsultantlar va maktab chempionlarining loyihadagi rollari va vazifalari yetkaziladi hamda seminar so‘ngida maktabning “Uzluksiz kasbiy rivojlanish harakat rejalari” ishlab chiqiladi.








