Ochiqlik - korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy omilidir

254 19.11.2024

Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish va ushbu jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirildi. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hisoblanadi. Bu borada A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xamraevni suhbatga tortdik.

 

Assalomu alaykum Shavkat Muminovich!

Bilamizki, ochiqlik — korrupsiyaning oldini olishning asosiy omillaridan biridir. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

 Intstitutimizda ochiqlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

- vazirlikning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi jami 12 ta ichki lokal hujjatlar Vazirning 2023-yil 27-iyundagi 196-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi;

- Institut rektorining buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘limi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlanib, bo‘lim xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifa va lavozim majburiyatlarini reja asosida amalga oshirib kelmoqdalar;

- korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallari («Ishonch telefoni», elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt, telegram bot) uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

- institut jamoasi, barcha darajadagi rahbar va xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy hujjatlar, kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha institut xodimlariga shaxsiy namuna bo‘lishi yuzasidan joriy yil mobaynida institut rahbariyati tomonidan bir necha bor ta’kidlab o‘tildi;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzulari bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilimlari oshirildi, shuningdek, 12 ta targ‘ibot va profilaktika tadbirlari o‘tkazildi;

- xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlar, asosiy shartlari kiritildi;

- korrupsiya xavf-xatarlarining xaritasi va dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi;

- institutning barcha xaridlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshirilishi nazoratga olinib, munosabat bildirilmoqda;

- Institutga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora hamda shaffof tanlov asosida tashkil etildi, joriy yilda 75 nafar xodimlar bo‘yicha deklaratsiyalar tekshirilib, ishga qabul qilish bo‘yicha 105 nafar nomzodlar o‘rganildi va xulosa berildi.

 

Umuman korrupsiya nima, institut faoliyatida korrupsiyaning qanday turlari bo‘lishi mumkin va uning oldini olishda olib borilayotgan ishlar?

 Korrupsiya so‘zining ijtimoiy ko‘rinishining ma’nosi - hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish demakdir. Lotincha “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yemirilish”, “buzilish” degan ma’nolarni anglatadi.

Korrupsiyaning salbiy oqibatlari:

- demokratiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;

- qonun ustuvorligiga putur yetkazadi;

- inson huquqlari buzilishiga olib keladi;

- bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;

- hayot sifatini yomonlashtiradi;

- davlat budjetiga zarar yetkazadi;

- uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa huquqbuzarliklar uchun sharoit yaratib beradi.

Qadimda yunon faylasufi Aristotel aytganki - “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”.

 Korrupsiyaga oid jinoyatlarga quyidagilar kiradi:

- O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish
(JK 167-moddasining 2-qismi «g» bandi);

- Firibgarlik (JK 168-moddasining uchinchi qismi «v» bandi);

- Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 205-modda);

- Mansab soxtakorligi (JK 209-modda);

- Pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish (JK 210,211,212-moddalar);

- Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish (JK 213-modda);

- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JK 243-modda);

- Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi (JK 301-modda) kabi jinoyatlarni misol keltirishimiz mumkin.

2023-yil 7-aprel kuni Oliy Majlis Senati korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi xususida, jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish takliflari berilgan:

 Jumladan o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish (167-modda) yoki firibgarlik, og‘irlashtiruvchi holatlarda pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari javobgarligini kuchaytirish taklifi ilgari surilmoqda.

   

Bizning jamiyatda «tanish-bilish» degan tushuncha mavjud. G‘arb mamlakatlarida «networking» tushunchasi bor. «Tanish-bilishchilik» va «networking» o‘rtasida qandaydir chegara bormi?

 O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun (05.06.2024 yilda) Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi va adliya vazirligidan O‘RQ-931-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazildi. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini barchamiz bilishimiz kerak deb hisoblayman va bu haqida qisqacha eslatib o‘tmoqchiman.

Qonunning maqsadi

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning mazmun-mohiyati

Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tadbiq etiladi. Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi:

- xodimning yaqin qarindoshlari;

- xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;

- xodim yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni xodimlar tomonidan oshkor etish 2 shaklda amalga oshiriladi:

- mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma berish orqali;

- ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya to‘ldirish orqali.

Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:

- xodim lavozimi hamda uning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

- xodim yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek ish joyi va lavozimi;

- xodim yoki uning yaqin qarindoshlari aksiyador bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining rasmiy nomi va uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

- xodimning yaqin qarindoshi muassis (ishtirokchi), boshqaruv organi a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning rasmiy nomi, shuningdek uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.

Qonunga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvlari to‘g‘risida har yarim yilda xulosa qabul qiladi hamda ularni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligini (to‘g‘riligini) ko‘rib chiqadi. Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollarini maxsus bo‘linma bilan birgalikda tahlil qiladi va davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart, agar:

- yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa;

- u o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa;

- yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan ob’ektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki mazkur tekshiruv ob’ekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo‘lsa;

- boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolsa.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimi hamda maxsus bo‘linmaning rahbari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun mas’ul hisoblanadi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar tarkibiy bo‘linmasining rahbari mavjud manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida ko‘rilgan choralar to‘g‘risida maxsus bo‘linmaga 1 ish kuni ichida axborot taqdim etishi shart.

Maxsus bo‘linma ko‘rilgan choralarning yetarliligi (to‘g‘riligi) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun axborotni 3 ish kuni ichida odob-axloq komissiyasiga taqdim etadi. Deklaratsiya har yili 15-fevralgacha umumlashtiriladi va tahlil qilinadi. Qonunga muvofiq, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi shaxsga doir ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishi va har yili 15-yanvardan kechiktirmay maxsus bo‘linmaga taqdim etishi kerak. Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinayotgan nomzod, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to‘ldirishi va taqdim etishi kerak. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestri yuritiladi. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaslik BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil davomida takroran sodir etilsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi. Mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil davomida takroran sodir etilsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi huquqbuzarliklar davlat xaridlari sohasida sodir etilsa, mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi ushbu qonun bilan belgilangan.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi. Xabarlaringiz bor, Qonun bilan belgilangan talablarni joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlar va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlanib, vazifalari belgilab berildi. Eng asosiysi, Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar tashkilotlarda tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda o‘rganilishini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Mana bugun biz ham mazkur vazifani amalga oshiryapmiz. Qonun ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, Vazirimizning 2024-yil 7-iyundagi 183-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nazorat reja hamda 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan Qonunni vazirlik tizimida amalga oshirish bo‘yicha idoraviy dastur ijroga qartildi. Shunga ko‘ra, barchamiz mazkur Qonun, qaror, buyruq, dastur va nazorat reja ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishimiz lozim. Aks holda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari haqida ogohlantiramiz.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech