PhD Ilmiy daraja olgan izlanuvchilarga diplomlari topshirildi
85
02.10.2025
A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning avgust oyidagi yig‘ilishida Nasiba Nasriddinova va Umida Boyzaqovalar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Ilmiy izlanuvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qarori bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasi diplomi tasdiqlandi.
Diplomlar institut rektori Abduvali Ismailov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.


