A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼullari Ozarbayjondagi STEAM Taʼlim Markazida malaka oshirmoqda
Mazkur o‘quv kurslari 5 kunlik dastur asosida tashkil etilgan bo‘lib, dastur davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish (PBL), raqamli vositalar, muhandislik va san’at integratsiyasi, shuningdek, innovatsion fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar o‘rganiladi.
Kursning ilk kunida dastur doirasida “Studio Makers”larni tashkil etish, yaʼni ta‘lim muassasalarida meyker-makonlarni yaratishni nazarda tutuvchi metodologiyani joriy etish, amaliy faoliyat, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi hamda muhandislik va konstruktorlik tafakkurini rivojlantirish borasida yangicha bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lmoqdalar.
Shuningdek, tanqidiy tafakkur va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, STEAM yondashuvini kasbiy ta‘limga tatbiq etish hamda masofaviy ta‘limda zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqdalar.
Ushbu hamkorlik institutda STEAM ta‘limini rivojlantirish va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.









