Bugun Respublika bo‘yicha 2025-2026-o‘quv yilidagi “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi.
2025-yil 4-oktyabr kuni boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi jami 293 ta tayanch maktablarda 10 ming nafardan ortiq yetakchi o‘qituvchilar, shu jumladan, Toshkent shahridagi 12 ta tayanch maktablarda 326 nafar yetakchi o‘qituvchilar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur treninglar quyidagi:
Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash xalqaro dasturi hamda PIRLS tadqiqoti natijalari tahlili;
O‘zbekistonning PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotida ishtiroki, o‘qish savodxonligi bo‘yicha baholash mezonlari kabi mavzularda olib borildi.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi ushbu dastlabki trening mashg‘uloti yetakchi o‘qituvchilarning umumta’lim maktablarida KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil qilishda xalqaro tajriba va Prezident maktablari amaliyoti tatbiqi, kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun faollashtiruvchi mashqlar (Energizers/Warm-ups) va tinchlantiruvchi mashqlar (Calm-down activities)dan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.









