Ozarbayjon Respublikasi Fuzuliy shahar Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabiga tashrif bo‘lib o‘tdi

25 06.10.2025

Ozarbayjondagi o‘quvlar doirasida A.Avloniy nomidagi institut prorektori Sherzod Radjabov boshchiligidagi masʼullar Ozarbayjon Respublikasi Fuzuliy shahar Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘ldilar.

Maktabda ta‘lim jarayoni, o‘quvchilarning faolligi hamda ularning ijodiy ishlari bilan tanishdilar. O‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishlari, orzu va intilishlari haqida fikrlarini tingladilar.

Shuningdek, maktab qurilishiga oid videorolik namoyishida Fuzuliy shahrida amalga oshirilayotgan qayta tiklash ishlari va ta‘lim sohasidagi islohotlar haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.

Ushbu uchrashuvlar ikki davlatning taʼlim sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashda ilg‘or tajribalarni almashish va o‘quvchilarda STEAM yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech