Fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Francofonia til markazida malaka oshirmoqda

35 06.10.2025

A.Avloniy nomidagi institut masʼuli va hududlardan saralab olingan fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Francofoniya til markazida malaka oshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va A.Avloniy nomidagi institut hamkorligida fransuz tili o‘qituvchilari uchun Fransiyaning Nitsa shahridagi Francophonia til markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mentorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Bunda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutning fransuz tili metodisti hamda hududlardan saralab olingan salohiyatli, ilg‘or va tajribali fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Kurslarda:

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” uchun metodik materiallar ishlab chiqilmoqda;
dars samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘rganilmoqda;
xorijiy ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, respublika ta‘lim tizimida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

O‘qituvchilarimiz nazariy bilim bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etib, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metodik usullarni o‘zlashtirishmoqda.

Ushbu malaka oshirish kurslari o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va ijodkorlik salohiyatini yanada rivojlantirish, fransuz tili ta‘limini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech