Ozarbayjondagi STEAM Taʼlim Markazida tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
A.Avloniy nomidagi milliy institut prorektori Sherzod Radjabov boshchiligidagi masʼullarning Ozarbayjondagi STEAM Taʼlim Markazida tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
Besh kunlik dastur asosida tashkil etilgan kurslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish (PBL), raqamli vositalar, muhandislik va san‘at integratsiyasi, innovatsion fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar o‘rganildi.
Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, delegatsiya Ozarbayjon Respublikasi Baku Yevropa litseyi STEAM markazi hamda Fuzuliy shahar Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib, faoliyatlari bilan tanishdilar.