Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-yil 4-noyabr kuni A.Avloniy nomidagi institutda rektor A.Ismailov rahbarligida mas’ullar va xo‘jalik bo‘limi xodimlari ishtirokida 2025-2026-yil kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik, ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 4–6 noyabr kunlari mamlakat hududida havo keskin sovib, kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan ta’lim jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash, isitish tizimlarini nazoratdan o‘tkazish, bino va inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirish, sutkalik navbatchilikni tashkil etish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, kuz–qish mavsumiga to‘liq tayyorgarlikni ta’minlash va xavfsizlikni qat’iy nazoratda ushlab turish vazifalari topshirildi.




