JARAYON #PISA
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA xalqaro tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyaxer nutq so‘zladi.
U o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, pedagoglarga qaratilayotgan e’tiborga alohida to‘xtaldi hamda bu TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti natijalarida ham o‘z aksini topganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun: Andreas Shlyaxer O‘zbekistonga uchinchi marotaba tashrif buyurmoqda. A.Avloniy nomidagi institutning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasida asosiy mehmon sifatida ishtirok etgan.

