#PISA
3
12.11.2025
A.Avloniy nomidagi institut rektori Abduvali Ismailov PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi ochilish marosimida moderatorlik qilib, nutq so‘zladi.
U o‘z so‘zida Boshqaruv kengashi yig‘ilishining 60-sessiyasi doirasida xalqaro baholash dasturini dunyo miqyosida joriy qilish, ma’lumotlardan foydalanish borasida uzoq muddatli muhim qarorlar qabul qilinish nazarda tutilganligi hamda bu kabi tarixiy qarorlar aynan Toshkent shahrida qabul qilinishi ahamiyatini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Abduvali Ismailov Xalqaro PISA boshqaruv kengashining a’zosi hamda PISA 2025 tadqiqoti milliy menejeri hisoblanadi.


