Fransiya elchixonasi vakillari A.Avloniy nomidagi institutda bo‘ldilar

41 17.11.2025

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi taʼlim va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini va Fransiyalik taʼlim ekspertlari Pierre-Yves Roux hamda Claudia Calvolar A.Avloniy nomidagi institutda bo‘ldilar.

✅Mehmonlar institut faoliyati, yangilangan kampusi, jumladan, Axborot-resurs markazi va Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi bilan tanishdilar.

✅So‘ngra tomonlar o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuvda O‘zbekistonda fransuz tili fanining o‘qitilishi, o‘qituvchilarning tajribasi, kasbiy rivojlanish dasturlariga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, joriy yilning 9-15-noyabr kunlari Maktabgacha va Maktab taʼlimi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili fani o‘qituvchilari va o‘qituvchi-trenerlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari va yakuniy natijalarini   baholash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar Fransiyada malaka oshirgan Toshkent shahar umumtaʼlim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari bilan ham suhbat olib bordilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech