A.Avloniy nomidagi institutda faoliyat olib borayotgan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining mutaxassisi M.Ivanova kasbiy rivojlanish kuni doirasida Toshkent shahar Olmazor tumani 133-son tayanch maktabida tumanning yetakchi rus tili fani o‘qituvchilari uchun master-klass o‘tkazdi.
21
22.11.2025
Klass “Zo‘r” loyihasi doirasida o‘tkazilgan master-klassda rus tili fanini o‘qitish jarayonida ijtimoiy-hissiy ta’lim (IHT)ning dolzarb jihatlariga e’tibor qaratildi.
Tadbir uchun metodik materiallar Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti eksperti hamda institutning yetakchi mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqildi.
⏺Rus tili fanini o‘qitish samaradorligini oshirish va IHT tamoyillarini dars jarayoniga integratsiya qilishga qaratilgan mazkur master klass interaktiv formatda olib borildi.









