A.Avloniy nomidagi institutning Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Fransiyada "Rahbar ayollar” uchun tashkil etilgan xalqaro stajirovkada ishtirok etmoqda

7 26.11.2025

Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan xalqaro stajirovkada A.Avloniy nomidagi institutning Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Saxiba Kazakova ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad ayol rahbarlarning salohiyatini oshirish, davlat boshqaruvida gender tenglikni ta‘minlash va samarali kadrlar siyosati bo‘yicha Fransiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishdir.

Stajirovkaning dastlabki kunida tinglovchilar Fransiya Davlat xizmati vazirligi huzuridagi Davlat boshqaruvi va xizmati bo‘yicha Bosh direktorati (DGAFP)da davlat xizmati tizimi, kadrlar siyosati, professional tenglik va ayol rahbarlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlarda ishtirok etdi.

Dasturining asosiy qismi Fransiya Davlat xizmati Milliy instituti — (INSP)da olib borilmoqda.

Tinglovchilar quyidagi:

⏺zamonaviy liderlik;

⏺gender siyosatini amalga oshirish;

⏺davlat xizmatida innovatsion boshqaruv;

⏺samarali kommunikatsiya;

⏺ijtimoiy stereotiplarni yengib o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Ushbu xalqaro stajirovka natijasida rahbar ayollar Fransiyaning davlat boshqaruvi modelini o‘rganib, o‘z ish faoliyatida qo‘llash uchun aniq taklif va mexanizmlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

Ma‘lumot uchun, stajirovka 28-noyabr kuniga qadar davom etadi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech