Fransiyaning ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
8
27.11.2025
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va A.Avloniy nomidagi institut delegatsiyasi xizmat safari bilan Fransiyada bo‘lib turibdi.
Delegatsiya Fransiyaning Frankofoniya markazi direktori Yann Libratti, shuningdek, Aix-Marseille Universiteti proffesori Fatima Snan Davin va masʼullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi hamda kelishuvlarga erishildi.




