A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 13.00.07- Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha Kafedra seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bunda Institut mustaqil izlanuvchisi Moxiraxon Abdulxayevaning “Deontologik yondoshuv asosida maktab direktorlarining boshqaruv madaniyatini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi.
Shuningdek, 3-bosqich tayanch doktoratlar Zoxida Tursinovaning “Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini baholash mexanizmlarini takomillashtirish (ingliz tili o‘qituvchilari misolida)” hamda Nilufar Umarovaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining kommunikativ strategiyalarini rivojlantirish” mavzularidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokamalari ham ko‘rib chiqildi.







