Institut kengashining joriy yildagi yakuniy yig‘ilishi o‘tkazildi
Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi quyidagi:
-Uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda menejerlik o‘quv kurslarining 2026-yil uchun o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlashga tavsiya etish;
-professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari va shaxsiy ish rejalarining bajarilish holati;
-ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash;
-Institut Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan yillik rejasini tasdiqlash;
-Ijro intizomi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
-hududlarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari rejalarining bajarilish holati;
-izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi natijalari kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
-Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlarini o‘zgartirish masalalari muhokama qilindi.
✅Kengash so‘ngida masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
✅Yig‘ilish so‘ngida institutning "Taʼlim menejmenti" kafedrasi o‘qituvchilari Dilnoza Yusupova va Xurshida Malikovalarga Oliy Attestasiya komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan dotsent ilmiy unvoni diplomi, shuningdek, "Aniq va tabiiy fanlar bo‘limi" boshlig‘i Sulton Normatovga Oliy Attestasiya komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplomi topshirildi.







