A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
29
29.12.2025
Unda Roximova Nilufar Egamberganovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) ixtisosligi bo‘yicha “Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash sharoitida texnologiya fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishga kompetensiyaviy yondashuv (umumta’lim maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertatsiya ishi yuzasidan rasmiy opponentlar hamda yetakchi tashkilot vakillarining tegishli xulosalari o‘qib eshittirildi va ilmiy kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.






