A.Avloniy nomidagi institutda faoliyat olib borayotgan fransiyalik mutaxassis Nathalys Fiokouna Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-sonli hamda Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, fransuz tilini o‘qitish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
57
15.01.2026
Nathalys Fiokouna maktablarda fransuz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, dars o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatdi.
✅O‘qituvchilarga darsliklardan foydalanishda uchraydigan muammolarni hal etish, ularni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish hamda elektron darsliklar va interaktiv topshiriqlardan foydalanishning samarali usullari bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik tajribali mutaxassis Nathalys Fiokouna Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi kelishuviga asosan, A.Avloniy nomidagi institutda faoliyat olib bormoqda.









