Texnikum direktorlari uchun menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etishda Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlik qilinadi

55 15.01.2026

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda institut rahbariyati Germaniyaning GIZ tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi "Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini amalga oshirishda hamkorlik qilish rejalashtirildi.

Xususan, texnikum direktorlari uchun menejerlik o‘quv kurslarini tashkil qilish, institut va hududiy pedagogik mahorat markazlarida texnikumlar umumtaʼlim fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va mazkur kurslarning o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda trenerlarni tayyorlashda Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlik qilishga kelishildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech