O‘zbekistonning TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotida ishtiroki bo‘yicha shartnoma imzolandi

96 20.01.2026

Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida mamlakatimizning TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tegishli shartnoma imzolandi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturlaridagi ishtirokini izchil davom ettirishga qaratilgan muhim kelishuv hisoblanadi.

Shartnoma doirasida TIMSS 2027 tadqiqotining tajriba-sinov va asosiy sinov bosqichlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, tadqiqot jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida institutning Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Sardorbek Palvannazirov milliy loyiha koordinatori (National Research Coordinator - NRC) etib belgilandi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturlarida munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori bilan institutda Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etilgan.
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) — 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika hamda tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan nufuzli xalqaro tadqiqot bo‘lib, ta‘lim tizimining samaradorligini xalqaro mezonlar asosida tahlil qilish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotida ikkinchi marotaba ishtirok etadi. Bu esa avvalgi ishtirok natijalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish hamda ta‘lim siyosatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech