TIMSS 2027 tadqiqotida ishtirok etish bo‘yicha IEA bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov hamda mas’ullar Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA Hamburg) vakillari David Ebbs va Milena Taneva bilan TIMSS 2027 tadqiqotiga tayyorgarlik bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotida ishtirok etish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda IEA o‘rtasida shartnoma imzolanganligi, milliy loyiha koordinatori belgilanganligi, ishchi guruhlar shakllantirilganligi hamda tashkiliy masalalar yuzasidan vazifalar belgilangani ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, 2026-yil may oylarida tajriba-sinov jarayonlarini tashkil etish, 2027-yilda asosiy tadqiqotni o‘tkazish, ushbu jarayonlarga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida: TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika hamda tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholanadi.




