Yaponiya ta‘lim kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Yaponiyaning yetakchi ta‘lim tashkiloti — “Shinkoshuppansha Keirinkan” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov va masʼullar hamda kompaniyaning boshqaruvchi direktori Honma Fumikatsu, mutaxassislari Sato Masaichi, Okamura Toshikilar ishtirok etdilar.
Tomonlar O‘zbekistonda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, malaka oshirish kurslarining o‘quv-reja va dasturlarini takomillashtirish, xususan, matematika fanini o‘qitishda oson o‘rgatish metodlarini joriy qilish bo‘yicha fikr almashdilar.
Maʼlumot uchun: Institut Yaponiya davlatining taʼlim vakillari bilan "Yapon uslubidagi akademik yutuqlar test modeli"ni joriy etish bo‘yicha qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.



