Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut, Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi hamkorligida PIRLS tadqiqoti doirasida O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda.

89 22.01.2026

22–24-yanvar kunlari o‘tkazilayotgan treningda Toshkent shahridan tadqiqotda ishtirok etish uchun tanlab olingan 11 ta maktab koordinatorlari va 66 nafar boshlang‘ich taʼlim mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida PIRLS tadqiqoti natijalari asosida shakllangan ilmiy-amaliy yondashuvlar, o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari, shuningdek, ochiq ravishda e‘lon qilingan PIRLS matnlarini ta‘lim jarayonida samarali qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, treninglar doirasida 11 ta maktab 4-sinf o‘quvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu orqali o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: Mazkur trening mashg‘ulotlarini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘qituvchilar uchun 2 ta qo‘llanma, o‘quvchilar uchun 8 ta mashq daftari hamda maxsus onlayn platforma ishlab chiqilgan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech