A.Avloniy nomidagi institutda CPD Hubning ilk seminar-treningi tashkil etildi
Seminarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining yetakchi CPD — uzluksiz kasbiy rivojlanish ekspertlari ishtirok etdilar.
Treningda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, darsni samarali rejalashtirish hamda UKRni o‘qituvchining haqiqiy kasbiy o‘sishini ta’minlovchi uzluksiz va tizimli jarayon sifatida yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.
Seminar-trening pedagoglar va ta’lim mutaxassislariga tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish hamda kasbiy salohiyatni mustahkamlash imkonini berdi.
Maʼlumot uchun: Institutda Britaniya Kengashi hamkorligida o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy platforma — "Uzluksiz kasbiy rivojlanish Xab" (CPD Hub) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.






