#Tayinlov

38 26.01.2026

Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Dildoraxon Xakimova Andijon davlat universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutida o'qituvchilikdan boshlagan.

2016-2019-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorant, katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.

2019-2021-yillarda A.Avloniy nomidagi institutda “Taʼlimni boshqarish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti, 2021-2024-yillarda Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ijtimoiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech