Yaponiyalik taʼlim ekspertlari A.Avloniy nomidagi institutda tadqiqot faoliyatini boshladi

50 28.01.2026

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida yaponiyalik mutaxassislar - loyiha bosh maslahatchisi Kenji Ohara hamda loyiha koordinatori Kana Takahashi bilan A.Avloniy nomidagi institutda uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar va baholash tizimini rivojlantirish doirasidagi masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.

Xususan, maktablar kesimida amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar shakllantirish, ta’lim natijalarini baholash hamda dars jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun:
Mazkur uch yillik loyihani amalga oshirishda Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi pilot maktablar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech