PhD ilmiy darajasini olgan izlanuvchilarga diplomlari topshirildi
15
30.01.2026
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishida Mehrixon Rahmonova hamda Nafisa Mamaraximova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Ilmiy izlanuvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining tegishli qarori bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasi diplomi tasdiqlandi.
Diplomlar institut rektori Abduvali Ismailov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.




