A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Ilmiy seminarda quyidagi:
-
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant Gulchehra Rahmonovaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “O‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA xalqaro baholash dasturi talablari asosida rivojlantirish metodikasi”;
-
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tadqiqotchisi Janona Xudoyberdievanning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonini individuallashtirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”;
-
13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tadqiqotchi Rafikjon Sodiqovning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktabi misolida)” mavzularidagi dissertatsiyalari muhokamasi o‘tkazildi.








