Bugun Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida "Dalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi: Baholashdagi tendensiyalar, muammolar va innovatsion yechimlar" mavzusida forum o‘tkazildi. (https://t.me/trm_uz/2594)
18
04.02.2026
Tadbirning panel muhokamalar shaklida o‘tkazilgan ikkinchi qismida A.Avloniy nomidagi institut rektori Abduvali Ismailov va boshqa tegishli ta’lim tashkilotining mas’ullari quyidagi:
➖Xalqaro va milliy baholash tadqiqotlari;
➖Maktab doirasida amalga oshiriladigan baholash;
➖Kompetensiyaga asoslangan baholash;
➖Inklyuziv ta’lim sharoitida baholash;
➖Bosqichli davlat imtihonlari;
➖Yagona davlat imtihoni;
➖Baholashda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish kabi mavzular doirasidagi savollarga javob berib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.



