Gʻoliblarning har biriga qariyb 600 mln so‘m mukofot: "Yil o'qituvchisi" tanlovi qizg‘in davom etmoqda

9 12.02.2026

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tyapti. 

➖ Bunda nomzodlar o‘z fani bo‘yicha dars o‘tishadi hamda kimning darslarni o‘tish, o‘quvchilar bilan ishlash, ularni darsga qiziqtirish mahorati eng yuqori baholansa, o‘sha ustozlar keyingi bosqichda qatnashadi.

 Ma'lumot o‘rnida: tanlov 3 bosqichdan iborat va unda g'olib bo'lgan 208 tuman (shahar)dan bir nafardan o‘qituvchi qariyb 600 mln pul sohibiga aylanadi.

Ikkinchi bosqich sinovlarini hakamlar hay’ati bilan birgalikda nomzod istiqomat qiluvchi tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar ham ovoz berish yo‘li orqali baholab boradi.

Bunda hakamlar 60 ballik tizim asosida, ovoz beruvchi o‘qituvchilar esa 40 ballik tizimda baholaydi.

Dars o‘tish jarayonlari (45 daqiqalik) uzluksiz, to‘liq va montajsiz tarzda videokameraga yozib olinib, pedagog.uzedu.uz platformasiga joylanadi. Undan keyin shu platforma orqali ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball to‘plagan 2 nafar nomzod tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech