Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) bilan uchrashuv o‘tkazildi
Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati A.Avloniy nomidagi institutda bo‘ldilar.
Mehmonlar institut faoliyati hamda yangilangan kampusi bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng TİKA vakolatxonasi rahbari Esin Acar Ergin va o‘rinbosari Ali Yücel hamda institut rektori Abduvali Ismailov va mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida tomonlar erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda:
➖ institutning qo‘shimcha ikkinchi kutubxonasini rekonstruksiya qilish;
➖ PIRLS metodologiyasiga asoslangan holda oʻqish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan “Men o‘qiyman, sen tushuntir” tanlovini tashkil etish;
➖ mutaxassislarning xorijda malakasini oshirish va xorijiy ekspertlarni jalb etish;
➖ STEAM yo‘nalishini rivojlantirish va TechnoFest loyihalarida ishtirok etish, “DENEYAP” va “Jazariy Lab” laboratoriyalarini tashkil etish;
➖ pedagoglar uchun o‘yinga asoslangan ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilinib, muayyan kelishuvlarga erishildi.







