Navoiy va Bobur ijodiy merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
8
15.02.2026
A.Avloniy nomidagi institutda o‘tkazilgan tadbirda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abdumurod Tilovov ishtirok etib, institutning “Menejment (ta’lim menejmenti)” va “Kattalar ta’limi” mutaxassisliklari magistraturasi talabalariga ikki buyuk siymoning pedagogik qarashlari hamda ta’lim-tarbiya borasidagi o‘lmas g'oyalari borasida so‘z yuritdi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, serqirra ijodiy faoliyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Navoiy va Bobur ijodiy meroslarining yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda muhim manba ekanligini alohida ta’kidladi.









