A.Avloniy nomidagi institutda Cambridge Assessment va UNICEF tashkilotlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
15
16.02.2026
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan mas’ul boshqarma va institut rahbariyati hamda mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda zamonaviy ta’lim yondashuvlari, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish kabi masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida o‘quv dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ilgari surildi hamda muayyan kelishuvlarga erishildi.



