A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Kafedralar seminarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda 13.00.07 – Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan ikki nafar ilmiy izlanuvchilarning dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Institut tayanch doktoranti Tursinboev Olimjon Shuxratbek o‘g‘lining “Maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish" hamda institut mustaqil izlanuvchisi Palvannazirov Sardorbek Xamrobek o‘g‘lining “Umumta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida takomillashtirish” mavzusidagi PhD ilmiy darajasiga oid tadqiqotlari muhokamadan o‘tkazildi.
Har ikkala izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari kafedra a‘zolari tomonidan ijobiy baholanib, tavsiyalar berildi hamda navbatdagi bosqichga yo‘naltirildi.





