A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengashning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

15 28.02.2026

Yig‘ilish avvalida institut rektori Abduvali Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 377/2-son qaroriga muvofiq, institut huzuridagi Ilmiy kengash qayta ro‘yxatdan o‘tkazilib, unga DSc va PhD dissertatsiyalari himoyasini o‘tkazish vakolati berilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda bu institut ilmiy salohiyatiga bildirilgan yuksak ishonch va katta mas’uliyat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati bayoni asosida ilmiy kengashga yuklatilayotgan vazifalarni o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilishda Usmonova Aziza To‘lqin qizining 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Umumta’lim maktablari imijini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi hamda Rahmonova Gulhayo Saidjon qizining “Elektron ta’lim platformalari muhitida malaka oshirish sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Dissertatsiya ishi yuzasidan rasmiy opponentlar hamda yetakchi tashkilot vakillarining tegishli xulosalari o‘qib eshittirildi va ilmiy kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 377/2-son qaroriga muvofiq, institut huzuridagi Ilmiy kengash qayta ro‘yxatdan o‘tkazilib, unga PhD va DSc dissertatsiyalari himoyalarini o‘tkazish vakolati berildi. Kengash 2026-yildan yangi tarkibda faoliyat boshladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech