A.Avloniy nomidagi institut va O‘zbekistondagi Gyote instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

48 03.03.2026

A.Avloniy nomidagi institut va O‘zbekistondagi Gyote instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
Memorandum ta‘lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish sifatini yangilash hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.
 Hamkorlik doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar:
— nemis tili bo‘yicha KRK hamda KRS tadbirlari uchun o‘quv-metodik va didaktik materiallar ishlab chiqish;
— hududiy pedagogik mahorat markazlarining mutaxassislari uchun Gyote institutining malakali trenerlarini jalb qilgan holda seminar-treninglar tashkil etish;
— o‘qituvchilarning metodik ehtiyojlarini aniqlash va refleksiv tahlil asosida kasbiy rivojlanish mexanizmlari joriy etish;
— nemis tili metodistlarining Germaniyada tashkil etiladigan til kurslari va xalqaro stipendiya dasturlarida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash kabilar belgilangan.
Mazkur kelishuv pedagog kadrlarning professional rivojlanishini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech