Germaniyaning GIZ tashkiloti va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi institut va GIZ o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan uchrashuvda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati), German Sparkassenstiftung for International Cooperation O'zbekistondagi vakolatxonasi hamda Helvetas loyihasi vakillari bilan muloqot olib borildi.
Muloqotda texnikum direktorlari uchun menejerlik o‘quv kurslarining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda xorijiy tajribadan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, xalqaro metodik yondashuvlarni dasturlarga integratsiya qilish, rahbar kadrlar kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, institutda German Sparkassenstiftung for International Cooperation O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ularning professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirildi.



