“Sinfxonada baholash: o‘quvchilarning natijalarini yaxshilash” mavzusida Master-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha treningga start berildi

18 03.03.2026

Mazkur trening Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, UNICEF hamda Cambridge University Press & Assessment hamkorligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli dastur doirasida tashkil etilgan.

Dastur sinfxonada baholash amaliyotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, o‘qituvchilarning baholash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning ta‘lim natijalarini yaxshilashga qaratilgan.

A. Avloniy nomidagi institutda tashkil etilgan treningda institut, hududiy pedagogik mahorat markazlari va Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazlaridan jami 40 nafar mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Ular hududlarda baholash yo‘nalishida yetakchi trenerlar sifatida faoliyat yuritishga tayyorlanmoqda.

Trening yakunida tayyorlangan Master-trenerlar hududlarda mentorlar va o‘qituvchilar uchun mashg‘ulotlarni kaskad usulida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech