“O‘qish savodxonlari” tanlovi — yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni keng targʻib qilish

21 12.03.2026

Bugun tanlovning ikkinchi kuni davom etmoqda. Unda respublika bo‘ylab, jumladan, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda boshqa hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etmoqdalar.

Tanlov jarayonida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi, matnni tushunish va tahlil qilish, shuningdek, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari baholanmoqda.

Mazkur tanlov davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi — yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadlariga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarda o‘qish madaniyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish va intellektual salohiyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech