O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i tasdiqlandi
Unga ko‘ra:
- o‘qituvchilarning metodik ishlarini qabul qilish jarayonlari uchun A.Avloniy nomidagi institut tomonidan yangi “ommalashtirish.avloniy.uz” platformasi ishga tushirildi;
- o‘qituvchilarning metodik ishlarini qabul qilish jarayonlarini “ommalashtirish.avloniy.uz” platformasi orqali tashkil etish belgilangan.
Metodik ishlarni ommalashtirish tartibiga ko‘ra:
- “Metodik ish” tushunchasi yagona tartibda belgilandi;
- Metodik ishning aniq ta’rifi berilib, uning mazmuni, shakli va turi bo‘yicha yagona yondashuv joriy etildi.
Ekspertiza jarayoni ikki bosqichli etib belgilandi:
- texnik ekspertiza;
- mazmuniy ekspertiza.
O‘quv-metodik kengashlar uchun kvorum talabi joriy etilib, kengash a‘zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda kengash qarorlari haqiqiy hisoblanishi belgilandi.
Plagiat nazorati kuchaytirilib, metodik ishlar ikki bosqichli antiplagiat tekshiruvi orqali ko‘rib chiqilishi va originallik darajasi kamida 70 % bo‘lishi talabi qo‘yildi.
