“Ommalashtirish” jarayonlarida baholash tizimi to‘liq raqamlashtirildi

26 16.03.2026

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tasdiqlangan hujjatiga muvofiq, ommalashtirish jarayonlarida bir qator zamonaviy mexanizmlar joriy etildi.

Baholash jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.
Endilikda metodik ishlar "ommalashtirish.avloniy.uz" platformasi orqali qabul qilinadi va barcha jarayonlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

 Metodik ishlarni anonim baholash tizimi joriy etildi.
Texnik ekspertizadan o‘tgan metodik ishlar kengash a’zolariga shifrlangan (anonim) ko‘rinishda taqdim etiladi. Baholash natijalari platforma orqali avtomatik tarzda o‘rtacha hisoblanib, talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

 Baholash mezonlari optimallashtirildi.
Metodik ishlarni baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni 17 taga keltirildi. Bunda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik metodikalarga alohida ustuvorlik berildi.

 Platformaning funksional imkoniyatlari kengaytirildi.
Tizimda metodik ishlarni filtrlash, statistik tahlil qilish hamda hududlar kesimida monitoring yuritish imkoniyatlari yaratildi.

Ommalashtirish jarayonlariga oid rasmiy hujjatlar, yangiliklar va batafsil maʼlumotlar @ommalashtirish_avloniy_uz telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi.

Savol va murojaatlar uchun tel: 55-508-06-67 (1088)

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech