PIRLS 2026: Maktab koordinatorlari va AKT mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi
Joriy yilning 27-mart kuni PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayoniga tayyorgarlik doirasida maktab koordinatorlari hamda AKT mutaxassislari uchun onlayn vebinar-trening tashkil etildi.
Trening Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalaridan tadqiqotlar uchun mas’ul 14 nafar mutaxassis, AKT yo‘nalishida biriktirilgan 14 nafar xodim, shuningdek, tadqiqotda ishtirok etuvchi 164 ta maktab direktorlari, koordinatorlari va AKT mutaxassislari ishtirok etdi. Umumiy ishtirokchilar soni 520 nafarni tashkil etdi.
Trening doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Maktab koordinatorlarining tadqiqot jarayonidagi vazifalari
- PIRLS 2026 asosiy sinovini tashkil etishda AKT mutaxassislarining roli
- Tadqiqot uchun kompyuter texnikasini tayyorlash talablari
Ma`lumot uchun: PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2026-yil aprel–may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.






