Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirokida menejerlik o‘quv kursi tinglovchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
12
29.03.2026
“Maktab ta’limida olib borilayotgan islohotlar” mavzusidagi seminarda tizimdagi islohotlar, maktab direktorlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar va yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, maktab direktorlarining strategik va pedagogik liderlik, jamoani boshqarish, kommunikativlik, innovatsion boshqaruv, etika va mas’uliyat kabi kompetensiyalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.





