#brazıliya #PISA Institut rektori Abduvali Ismailov boshchiligidagi delegatsiya Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur (PISA) Boshqaruv kengashining 61-sessiyasida qatnashmoqda

8 10.04.2026

Tadbirni kirish so‘zi bilan Braziliya Ta’lim vazirining o‘rinbosari Kátia Schweickardt, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Ta’lim va ko’nikmalar bo‘yicha direktori Andreas Schleicher va PISA boshqaruv kengashi raisi Michele Bruniges ochib berdi.

Tadbirda, PISA dasturida ishtirok etuvchi 91 ta mamlakat vakillari qatnashmoqda.

Sessiyalar davomida:

• PISA 2025, 2029 va 2033 tadqiqotlariga doir loyihalarning amalga oshirilish holati hamda kiritilayotgan yangiliklar;
• Tadqiqot natijalarini tahlil qilish va ulardan foydalanish;
• Interaktiv baholash yo’nalishlarida sun’iy intellektdan foydalanish;
• Media va sun’iy intellektdan foydalanish savodxonligini baholash;
• Baholash ramkalari;
• Ta’lim va ko‘nikmalar yo‘nalishidagi uzoq muddatli startegiyalar hamda boshqa masalalar yuzasidan taqdimotlar, muhokamalar, fikrlar almashish nazarda tutilgan.

Shuningdek, xizmat safari davomida OECD hamda xorijiy mamlakatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida: PISA Boshqaruv kengashi PISA tadqiqotining strategik yo‘nalishlarini belgilovchi hamda baholash jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech