A.Avloniy nomidagi institut hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Fransiyalik taʼlim eksperti Noémie Dedieu ishtirokida umumta‘lim maktablarida fransuz tilini o‘qitish metodlari o‘rganildi
11
10.04.2026
Noémie Dedieu maktabda fransuz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan zamonaviy pedagogik metodlar, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xorijiy tillarni o‘rganishning dolzarbligi kabi masalalar bo‘yicha suhbatlashdi.
Shuningdek, o‘qituvchilarga darsliklardan foydalanishda uchraydigan muammolarni bartaraf etish, ularni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish, elektron darsliklar va interaktiv topshiriqlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar berildi.









