Institutda xalqaro taʼlim eksperti Kana Takahashi Pedagogik mahorat markazlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi

51 11.04.2026

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida “Reflektiv PDCA asosida amaliyotni takomillashtirish: uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar ta‘lim amaliyotini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan samarali yondashuvlar, zamonaviy metodlar hamda xalqaro tajriba asosidagi ishlash mexanizmlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, PDCA (Plan–Do–Check–Act) modeli orqali dars jarayonlarini tahlil qilish, amaliy faoliyatni muntazam ravishda takomillashtirib borish hamda o‘qituvchilarning reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.

Mazkur seminar-trening pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta‘lim amaliyotiga moslashtirish orqali ta‘lim sifatini yana-da yuksaltirishlf muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o’tamiz, pedagogik mahorat markazlarining 53 nafar professor-o’qituvchi va metodistlari A.Avloniy nomidagi institutda 100 soatlik o’quv kursida malaka oshirmoqdalar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech