Fransiyalik taʼlim eksperti Noémie Dedieu ishtirokida Hududiy pedagogik mahorat markazlari o‘qituvchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi
“Ta‘lim jarayonlarini rivojlantirish asoslari" mavzusida o‘tkazilgan seminarda darsning har bir bosqichiga raqamli texnologiyalarni samarali integratsiya qilish, mashg‘ulotni interaktiv jarayonga aylantirish hamda o‘quvchilar diqqatini raqamli vositalar orqali jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, raqamli platformalar yordamida baholash va dars samaradorligini oshirishning aniq keyslari amaliy jihatdan ko‘rsatib berildi.
Bu kabi ilg‘or xalqaro metodikalarni mahalliy o‘quv jarayoniga tatbiq etish o‘qituvchilarga darsni qiziqarli va natijador tashkil etishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Mazkur innovatsion ta‘lim usullari malaka oshirayotgan pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladi.









