“Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

31 15.04.2026

Tadbirda malaka oshirish kurs tinglovchilari, umumtaʼlim maktab direktor o‘rinbosarlari hamda institut xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi yod etildi.

Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodlar yodida abadiy saqlash orqali ularda milliy o‘zlikni anglash, mustaqillik qadriga yetish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda maktab va pedagoglarning ahamiyatiga doir masalalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashib, maktab jamoalari va o'quvchilarda tarixiy xotira va vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech