Tabiiy fan o‘qituvchilari uchun navbatdagi trening
Institutda Respublika umumta’lim maktablarining tabiiy fan o‘qituvchilari uchun Malayziyada malaka oshirgan pedagoglar ishtirokida “Tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish”mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish orqali tabiiy fanlar darslarini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish, shuningdek, ta’lim sifatini baholashda zamonaviy algoritmlardan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z dars ishlanmalariga sun’iy intellekt vositalarini tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.





